Dasturlashni haqiqiy ustoz bilan o‘rganing

Video darslar, har hafta jonli mashg‘ulot, yuzlab amaliy masala va har bir topshiriqqa shaxsiy izoh. Yolg‘iz qolmaysiz.

Ro‘yxatdan o‘tish bepul · birinchi darslar ochiq

webustoz.uz/app/lesson
3-dars: Sikllar va takrorlash14:32
Nima o‘rganasiz

Ko‘rish emas — qilish

Video ko‘rib chiqish bilim bermaydi. Har bir darsdan keyin amaliyot, test va topshiriq bor. Ustoz har birini o‘qib, izoh yozadi.

Video darslar

Qisqa va aniq. Har bir dars bitta mavzuni oxirigacha yopadi. Istagan vaqtda, istagan tezlikda.

Jonli darslar

Har hafta bitta jonli mashg‘ulot. Savolingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri berasiz. Yozuvi qoladi.

Amaliyot

100+ masala. Kod yozasiz, tizim darrov tekshiradi. Xato bo‘lsa qayerda ekanini ko‘rsatadi.

Sertifikat

Kursni tugatganingizda sertifikat olasiz. Har birining tekshirish havolasi bor.

Qanday ishlaydi

To‘rt qadam

Murakkab narsa yo‘q. Ro‘yxatdan o‘tasiz va o‘qishni boshlaysiz.

1

Ro‘yxatdan o‘tasiz

Email va Telegram orqali. Bir daqiqa vaqt oladi.

2

Kurs tanlaysiz

Birinchi darslar bepul. Qolganini WordCoin bilan ochasiz.

3

Darslarni o‘tasiz

Video, amaliyot, test va topshiriq. Har biriga izoh olasiz.

4

Sertifikat olasiz

Kurs tugagach sertifikat va yangi kursga yo‘l.

Jonli darslar

Haftada bir marta — birga kod yozamiz

Yozib olingan darsda savol berolmaysiz. Shuning uchun har hafta jonli mashg‘ulot bor: birga masala yechamiz, xatolarni birga tuzatamiz.

Savolingiz javobsiz qolmaydiChatda emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli darsda so‘raysiz.
Yozuvi platformada qoladiKelolmasangiz keyin ko‘rasiz. Yozuv hech qayerga ketmaydi.
Telegram eslatmasiDars boshlanishidan oldin bot xabar yuboradi.

Eng yaqin dars

Sikllar amaliyoti

Sikllar bo‘yicha jonli mashq va savol-javob. Kodni birga yozamiz, xatolarni birga tuzatamiz.

Shanba, 20:0090 daqiqaYozib olinadi
WordCoin

Platformaning ichki hisob birligi. Balansni to‘ldirasiz va kurslarni ochasiz. Turnirlarda yutsangiz ham WordCoin olasiz.

To‘lov

Oddiy va tushunarli

Obuna yo‘q, avtomatik yechib olish yo‘q. Qancha kerak bo‘lsa shuncha to‘ldirasiz.

Obuna yo‘qOylik to‘lov yo‘q. Faqat kerakli kursni ochasiz.
Ochilgan kurs sizniki bo‘lib qoladiMuddati tugamaydi, istagan vaqtda qaytasiz.
Birinchi darslar bepulTo‘lashdan oldin ko‘rib olasiz.
Ustoz

Kim dars beradi

Yaxyoxon Qodirov

Dasturlash o‘qituvchisi · WebUstoz asoschisi

Bu platformada bitta ustoz bor — men. Har bir darsni o‘zim yozaman, har bir topshiriqni o‘zim tekshiraman, har bir jonli darsni o‘zim o‘taman.

Shuning uchun bu yerda «qaysi ustozga tushib qolaman» degan savol yo‘q. Va shuning uchun har bir o‘quvchini ismi bilan bilaman.

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Kurslar qachon boshlanadi?
Istalgan vaqtda. Kurslar guruh bilan emas, o‘z tezligingizda o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tgan kuningiz birinchi darsni ochasiz.
Jonli darslar qachon bo‘ladi?
Har haftada bitta. Vaqti oldindan e‘lon qilinadi va Telegram orqali eslatma keladi. Kelolmasangiz yozuvi platformada qoladi.
Sertifikat qanday beriladi?
Kursning barcha darslari, testlari va topshiriqlari tugatilganda avtomatik beriladi. Har bir sertifikatning o‘z raqami va tekshirish havolasi bor.
WordCoin nima va u qanday to‘ldiriladi?
WordCoin — platformaning ichki hisob birligi. Kartaga o‘tkazma qilib, chek suratini yuklaysiz. Ustoz tasdiqlagach balansingizga tushadi. Turnirlarda yutgan sovringiz ham WordCoin bo‘ladi.
Telefonda ishlaydimi?
Ha. Butun platforma telefonda ham to‘liq ishlaydi — video ko‘rish, test topshirish, kod yozish va jonli darsga ulanish.
Nega ro‘yxatdan o‘tishda Telegram kerak?
Muhim narsalar — jonli dars eslatmasi, topshiriq baholangani, muddat yaqinlashgani — Telegram orqali keladi. Email ko‘pincha o‘qilmaydi, Telegram esa o‘qiladi.

Bugun boshlang

Ro‘yxatdan o‘tish bepul. Birinchi darslar ochiq — yoqsa davom ettirasiz.

Ro‘yxatdan o‘tish